loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Tarix kafedrasi

F.I.O.Aminova Aziza Marksovna
LavozimiKafedra mudiri
Ilmiy daraja va unvonit.f.n., dotsent
Telefon:+99891 339 07 75
E-mail:azizamarksovna1972@gmail.com
Kafedra haqida
Ilmiy - tadqiqot yo`nalishlari
O`qitiladigan fanlar
Kafedra tarkibi
Elektron Axborot Ta'lim Resurslari

2000-yilda Tarix fakultetida “O‘zbekiston tarixi” va “Umumiy tarix” kafedralari tashkil etilib, 2015 yil 28-fevral oyida “Tarix oʻqitish metodikasi” kafedrasiga birlashtirililgan. Kafedraga 2015 yil 28-fevraldan t.f.n. X.R.Qurbonov, 2015 yil 26-avgustdan t.f.n., dotsent R.M.Qarshiev rahbarlik qilgan. 2018 yil 27-avgustdan t.f.d., dotsent A.M.Aminova kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedra 2023 yildan “Tarix” kafedrasi deb qayta nomlandi.

“Tarix” kafedrasida 2023-2024 oʻquv yilida 37 nafar professor-o‘qituvchilardan 26 nafari – asosiy shtatda, 9 nafari ichki o‘rindoshlik asosida va 2 nafari tashqi o‘rindoshlik asosida ishlab kelmoqda. Ularning 1 nafari tarix fanlari doktori (DSc), 1 nafari professor, 7 nafari dotsent, 6 nafari tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2 nafari falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 8 nafari katta o‘qituvchi va 12 nafari o‘qituvchi sifatida talabalarga ta’lim berib kelmoqda. Kafedra professor-oʻqituvchilarining 41 foizini ayollar tashkil qiladi.

2023-2024 oʻquv yilida kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan 60111100 – “Tarix”, 60111100 – “Tarix, qoʻshimcha  davlat huquqi”, 5110600 – “Tarix” ta’lim yoʻnalishlari bakalavriat va 701101101– “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi (Tarix)” mutaxassisligi boʻyicha magistratura talabalariga 27 ta fandan ta’lim berilmoqda.

Kafedra dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyib, ularning professor-oʻqituvchilarining talabalarga dars mashgʻulotlari, ilmiy seminarlari tashkil etib kelmoqda.

 2023-2024 o‘quv yilida “Tarix” kafedrasi professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyati 46% ni tashkil etib, ular tomonidan 1 ta – Scopus; 5 ta – Web of Science; 17 ta – Impakt faktori yuqori bo‘lgan ilmiy jurnallarda; 26 ta – OAK tasarrufidagi jurnallarida, 123 ta – xalqaro va respublika konferensiyalarida ilmiy maqola va tezislari chop etildi. T.f.d. (DSc) A.Aminova tomonidan “Istoriya ekonomicheskix preobrazovaniy v Uzbekistane v 1991-2021 gg. (na primere oblastey nizovya Zarafshana)” nomli monografiya nashrdan chiqdi. Kafedrada faoliyat olib borayotgan 7 nafar professor-oʻqituvchilarning maqolalari “Xirsh” indeksi (H-index)da yuqori koʻrsatkichlarda indeksatsiyalangan.

O‘zbekistonning eng yangi tarixi
O‘zbekiston tarixi
Arxeologiya
Yordamchi tarix fanlari
Jahon tarixi
Tarix o‘qitish metodikasi
Ixtisoslikka kirish
Muzeyshunoslik
Tarixiy geografiya
Tarixiy o‘lkashunoslik va turizm
Manbashunoslik. Tarixshunoslik
Muzeyshunoslik. Arxivshunoslik
Navoiy viloyatining o‘tmishi va buguni
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi
O‘zbek davlatchilik tarixi
Tarix faninig nazariy asoslari
Tarixni o‘qitishda texnologiya va loyihalashtirish
Tarix. Shaxs va jamiyat o‘qitish metodikasi
Oliy va professional ta’limda mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi
Turkistonda milliy ozodlik harakati tarixi
O‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi: tadqiqot va tahlil masalalagi
O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari
Tarix fani metodologiyasi
Tarixiy tadqiqotlarning dolzarb masalalari
Jahon sivilizatsiyalari tarixi
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
Navoiy viloyati tarixini o‘rganishning dolzarb masalalari

  • Aminova A.M. – Kafedra mudiri, t.f.d. (DSc), dotsent
  • Rajabov R.R. – f.f.n., dotsent
  • Tolibov R.N. – t.f.n., dotsent
  • Qarshiev R.M. – t.f.n., dotsent
  • Hayitov Z.U. – f.f.n., dotsent
  • Qurbonov X.R. – t.f.n., dotsent
  • Narzullaev U.O.– t.f.f.d.(PhD), dotsent
  • Boboyorov Sh.S.- p.f.f.d.(PhD), dotsent
  • Ravshanov Sh.R. – t.f.f.d.(PhD), dotsent v.b.
  • Toshturov Sh.E. – t.f.f.d.(PhD), dotsent v.b.
  • Junaev Z.B. – t.f.f.d.(PhD), dotsent v.b.
  • Hayitov U.Ya.- t.f.f.d.(PhD), dotsent v.b.
  • Xoliqulova Sh.B.- t.f.f.d.(PhD), dotsent
  • Norqobilov M.X. – f.f.f.d.(PhD), dotsent v.b.
  • Egamberdieva A.M. – f.f.f.d.(PhD), dotsent v.b.
  • Roʻzieva D.M.- t.f.f.d.(PhD), dotsent v.b.
  • Xolmirzaev N.A. – katta oʻqituvchi
  • Shirinova F.I. – katta oʻqituvchi
  • Hamroeva S.I. – katta oʻqituvchi
  • Polvonova F.O. – katta oʻqituvchi
  • Murtazaev D.B. – katta oʻqituvchi
  • Mustafoev J. A. – katta o‘qituvchi
  • Navroʻzov I.N. – katta o‘qituvchi
  • Boysariev X.M. – katta o‘qituvchi
  • Togʻaev Z.T. – oʻqituvchi
  • Quljonov I.A. – o‘qituvchi
  • Axadov A.S. – o‘qituvchi
  • Junaev F.A. – oʻqituvchi
  • Raxmatova N.M. – oʻqituvchi
  • Salimov S.S. – oʻqituvchi
  • Ashurov D.D.– oʻqituvchi
  • Ergasheva G.Q. – oʻqituvchi
  • Muftullaeva U.T. – oʻqituvchi
  • Xoʻjaeva L.Sh. – oʻqituvchi
  • Roʻzieva T.Sh. – oʻqituvchi
  • Boboyorova Sh.Sh. – oʻqituvchi
  • Po‘latova N.S. – oʻqituvchi

Elektron darslik: “Oʻzbekiston tarixi (1917-1991)” № DGU 15021
Elektron darslik: “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” № DGU 15019
Elektron darslik: “Oʻzbekiston va BMT: Barqaror rivojlanish kontekstidagi hamkorlik aloqalari tarixi” № DGU 20939
Elektron darslik: “Shaxs va jamiyat oʻqitish metodikasi” № DGU 15025
Elektron darslik: “Mustaqillik yillarida Navoiy viloyati xotin-qizlarining tadbirkorlik sohasidagi faoliyati” № DGU 20938 

fan doktori, professorlar3%
fan nomzodi, dotsentlar43%
Katta o`qituvchilar22%
O`qituvchi asistentlar32%